
Evro-2020. Daniya Uelsni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)
Evropa chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan Daniya va Uels terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda Kasper Xyulmand jamoasi raqib darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida Kasper Dolberg hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. Ikkinchi taym boshida Dolberg yana bir bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
O‘yinning 88-daqiqasida Matias Yensenning uzatmasidan so‘ng Yoakim Mexle oradagi farqni bittaga oshirib qo‘ydi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Breytueyt gol urib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Fikrlar