
"Evro-2020". Chexiyani mag‘lub etgan Daniya yarim finalga chiqdi
Hozirgina "Evro-2020" chorak finalidan o‘rin olgan Chexiya hamda Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Bokudagi "Olimpiyskiy" stadionida o‘tgan bellashuvda daniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Tomas Dileyni 5-daqiqada hisobni ochdi. 42-daqiqada esa Kasper Dolberg hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Chexiyaning yagona goli esa 49-daqiqada Patrik Shik tomonidan kiritildi.
Daniya musobaqaning yarim finalida Ukraina - Angliya uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar