
"Everton" Zaxa uchun 62 mln evrodan voz kechishga tayyor
"Everton" klubi o‘z safiga "Kristal Pelas" forvardi Uilfrid Zaxani qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridag manbaaga ko‘ra liverpulliklar ivuarlik futbolchi uchun londonliklarga 62 mln evro taklif qilishgan. Biroq, hozircha “Kristal Pelas” ushbu taklifga qanday javob qaytargani noma’lum. Ta’kidlash kerakki, dastlab ular Zaxani 100 mln evroga baholashayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Zaxaga “Arsenal” ham xaridor bo‘layotgan edi. Biroq, London klubi hamshaharining 45 mln evrolik taklifiga o‘ylab o‘tirmay rad javobini berdi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Zaxa o‘tgan mavsum “Kristal Pelas” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar