"Everton" Manchester Siti" nishonidagi futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Everton" chap qanot himoyachisi Lyuka Din bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "Sky Sports" nashri yozmoqda.
"Everton" rahbariyati Dinning maoshini oshirishga tayyor. "Irischilar" o‘z futbolchisini "Manchester Siti"ga o‘tib ketishining oldini olmoqchi.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik himoyachi 8ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga assistentlik qilgan. Hozirda futbolchi jarohatidan tiklanish bilan band.



Fikrlar