
"Everton" Kolumbiya terma jamoasi hujumchisiga qiziqib qoldi
"Everton" klubi "River Pleyt" hujumchisi Rafael Borreni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "irischilar" 24 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferini 15 million evroga baholashmoqda. Ta’kidlash kerakki, uning 50% transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli va “matraschilar”da ham uni sotib olish istagi mavjud.
Ma’lumot uchun, Borre joriy mavsum “River Pleyt” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar