“Everton” jumbog‘i. Nega jamoa Marku Silvani iste’foga chiqardi?

  • 30 dekabr, 2019, 20:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol shunday o‘yinki, unda g‘alaba futbolchilarniki, mag‘lubiyat esa murabbiyniki. Mag‘lubiyatga uchradingmi, sening avvalgi natijalaring eslanmaydi. “Everton” murabbiyi bilan ham shunday voqea yuz berdi. Uning Portugaliya va Gretsiyada ko‘rsatgan fantastik natijalari hech kimni yodiga kelmadi.

Tecno

Marku Silva 1977-yilda Lissabonda tavallud topgan. Sobiq futbolchi himoyachi pozitsiyasida to‘p surgan. Ammo nomdor jamoalarda to‘p surmagan. “Belenensish”, “Atletiko” (Lissabon), “Trofensi”, “Braga B”, “Odilvelash”, “Enshtoril-Praya” kabi jamoalarda to‘p surgan. Ammo murabbiylik faoliyatida nomdor jamoalarda ishlagan. “Sporting”, “Xall Siti”, “Uotford” kabi futbol muxlislarga tanish jamoalarda murabbiy sifatida ishlagan.

Marku Silva APLda “Xall Siti” va “Uotford”da o‘zini yaxshi tomonlarini ko‘rsata olgan edi. To‘g‘ri, “Xall Siti”ga 2017 yil yanvar oyida kelib, jamoani quyi divizionga tushib ketishgan saqlab qolishi kerak edi. Murabbiy yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi. Ammo yakunda baribir jamoa quyi divizionga tushib ketdi. Lekin bunda Marku Silvani hech kim ayblamadi. Jamoa shundoq ham u kelishidan oldin jar yoqasida turgan edi. Keyinchalik “Uotford”da ham Marku o‘z nomini katta futbolda e’tirof ettira boshladi. Buning natijasida “Everton” e’tiboriga tushdi. Murabbiy bu taklifni rad eta olmadi. Ammo u erda esa hammasi boshidanoq o‘xshamadi.

“Everton” Marku Silvani murabbiy etib tayinlash uchun ancha harakat qildi. Uning “Uotford”dagi natijalari ham bunga yordam berdi. Rahbariyat Marku Silvani Liverpulga olib keldi. Jamoa egasi Farxod Moshiri Silva haqida:

“U hujumkor futbolni yaxshi ko‘radi. Silva “Everton”  sistemasida ishlashidan faqat xursand bo‘ladi. U yoshlar bilan ishlashni biladi va bunga tayyor. Marku “Everton” uchun mos murabbiy.

Rahbariyat Silvani qo‘llab-quvvatlab turdi. Yozgi transfer oynasida klub transferi uchun 100 mln funt ajratdi. “Norvich” bilan o‘yinga Marku olib kelgan 8 ta yangi o‘yinchi bilan ilk daqiqalarni boshladi jamoa. Hatto, muxlislar ham uni iliq qarshi olishdi. Ular Sem Ellardaysning pragmatik futbolidan zerikkan edi.

Ammo muxlislarning iliq munosabati ortda qoldi. Ular o‘yinlarda xushtakbozlik uyushtira boshlashdi. Jamoa natijalaridan qoniqmadi ular.

Jamoa hozir xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha 6-o‘rinda boryapti. Lekin muammo shundaki, unumli foydalanilgan zarbalar bo‘yicha 19-o‘rinda va seyvlar borasida 18-o‘rinda turibdi. Vaziyatlar yaratilyapti, ammo ulardan foydalanish koeffitsienti kam.

Biz faqatgina Silvani ayblashdan yiroqmiz. “Everton”  jamoa uchun mos keladigan markaziy himoyachi xarid qilmadi. Shuning hisobiga himoya chizig‘I kuchsiz bo‘ldi. Silvaning 4-2-3-1 taktikasini raqiblar bemalol o‘zlashitirib olishdi. Sigurdson va Tosunlardan ham unumli foydalanilmadi.

O‘tgan mavsumda “Everton” tig‘iz taqvim oqibatida inqirozni boshladi. Grand jamoalar bilan durrang va mag‘ubiyatlarga qo‘shib, autsayder jamoalardan ham uchralgan mag‘lubiyatlar jamoa ortga ketayotganini yaqqol ko‘rsatib berdi. Oldinda “Lester”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” kabi jamoalar kutib turgandi. Birinchi ikkita jamoadan mag‘lubiyatga uchrab, “Chelsi” ustidan g‘alaba qozondi.  Lekin, afsuski, Silvasiz. Jamoaga Dankan Fergyuson olib kelingan edi.

Jamoa ko‘pincha murabbiylarni grand jamoalarga uchralgan mag‘lubiyat tufayli iste’foga chiqaradi. Silvada esa unaqa bo‘lmadi. U kuchsiz klublarga ham mag‘lubiyatga uchradi, “Man Siti”ga qarshi o‘yinda nima qila oladi? “Everton”  jamoa afsonasi Dankan Fergyusonni olib keldi. Hozircha murabbiy yaxshi ishlayapti. Balki “Chelsi” ustidan qozonilgan g‘alaba ortida nomdor sovrinlar turgandir. Rahbariyat endi boshqa yangi murabbiy izlamas. U jamoaning oxirgi 4 ta murabbiyi – Roberto Martines, Ronald Kuman, Sem Ellardays va Marku Silva shtabida ishlagan. Aynan u jamoaning kamchiliklari nimada ekanligini juda yaxshi biladi.

Marku Silva esa Angliyada muvaffaqiyatsizlikka uchragan birinchi murabbiy emas. “Everton” dagi faoliyati unga saboq bo‘ldi va bundan keyin o‘z xatolari ustida ko‘proq ishlaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!