
"Everton" "Chelsi" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Everton" klubi yangi bosh murabbiy Shon Daych kelishi bilanoq transferlar oynasida faollashishni boshladi. Mersisaydliklar jamoani tark etgan Gordon o‘rnini to‘ldirish maqsadida yarim himoyachi sotib olmoqchi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, "Everton" "Chelsi" futbolchisi Konor Gallaxerni sotib olish uchun 45 million funt sterling sarflamoqchi.
Angliyalik yarim himoyachi ushbu mavsum ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. "Aristokratlar" safida uning pozitsiyasidagi futbolchilar etarli. Shu bois, Gallaxer "Everton"ga o‘tishga rozi bo‘lishi mumkin.
Fikrlar