
"Everton" "Chelsi" futbolchisini sotib olmoqchi
"Everton" klubi "Chelsi" himoyachisi Kurt Zumaning transferini sotib olmoqchi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchini Marku Silva tarkibda saqlab qolmoqchi. Ta’kidlash kerakki, u o‘tgan mavsumni aynan “irischilar” safida ijara asosida o‘tkazdi va 36ta o‘yinda 2ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Zumaning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 25 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar