"Everton" Bundesliga klubidan futbolchi sotib oldi

  • 3 avgust, 2019, 08:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" klubi "Maynts" yarim himoyachisi Jan-Filipp Gbamenning transferi bo‘yicha ishlarni yakunladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchi “irischilar” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Ma’lumotlarga qaraganda uning transferi APL klubiga 30 mln evroga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Gbamen “Maynts” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr ichida jami 86ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!