
"Everton" "Barselona" futbolchisining transferini sotib olmoqchi
Angliyaning "Everton" jamoasi "Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomeshni transferini sotib olmoqchi.
O‘tgan yilning yozida "Everton" Andre Gomeshni "Barselona"dan ijaraga olgandi. Klub rahbariyati uning harakatlaridan qoniqish hosil qildi va uning transferini sotib olishni maqsad qilmoqda. Ayni vaqtda tomonlar mazkur transfer borasida muzokara olib bormoqda.
The Sun xabar berishicha, "Barselona" Gomesh transferidan 26 million evro ishlab topmoqchi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum “Everton” safida APLda jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar