
"Everton" Andre Gomeshning jarohati jiddiy ekanini tasdiqladi
"Everton" klubi yarim himoyachisi Andre Gomesh kecha APLning 12-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (1:1) qarshi o‘yinda oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng 26 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘ng oyoq to‘piq suyagini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi. U tez orada jarrohlik stoliga yotadi. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Gomesh joriy mavsum “Everton” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi .
Fikrlar