Eto'O: "Oltin to‘p"ni Mane yoki Salohga berishmaydi. Chunki...

  • 13 sentabr, 2019, 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamerunlik mashhur futbol yulduzi Samuel Eto'O bu safargi “Oltin to‘p” “Liverpul”dagi qit’adoshlari – Muhammad Saloh va Sadio Manega berilmasligiga ishonishini aytdi.

Tecno

“Insoniyatning yutug‘i faqatgina aka-ukalarning xo‘rlanishi evaziga bo‘ladi. Shubhasiz, afrikaliklarni hurmat qilishmaydi. Bu borada xato qildim deb umid qilaman, ammo bu safargi “Oltin to‘p” aniq Mane yoki Salahga berilmaydi. Mane, Saloh va Obameyang o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasining eng yaxshi to‘purarlari bo‘lishdi. Agar ular ovoz berish yakunlariga ko‘ra kuchli beshlikka kiritilishmasa, buni umuman tushunib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Messi va Ronaldu ajoyib futbolchilar, lekin Chempionlar ligasini “Liverpul” yutdi”, - deydi sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!