
"Espanol" xitoylik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "Espanol" forvardi U Ley keyingi mavsumni ham "to‘tiqushlar" tarkibida o‘tkazishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, xitoylik futbolchi uchun Angliyaning bir necha klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo hujumchining foydali o‘yini va Xitoy bozoriga kirish uchun "Espanol" Leyni qo‘yib yuborishni xohlamayapti.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2020 yilning so‘nggigacha amal qiladi. Ammo kataloniyaliklar uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatidan foydalanishmoqchi.
Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi "Espanol" safida 38 o‘yinda ettita gol kiritdi. Ayni vaqtda klub Ispaniya La Ligasida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar