"Espanol" futbolchisi uchun Evropaning 3 ta grandi kurash olib bormoqda

  • 22 may, 2019, 13:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning  "Espanol" klubi himoyachisi Mario Ermoso Evropaning grand jamoalari e’tiboriga tushdi.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda 23 yoshli futtbolchi uchun ayni damda "Bavariya", PSJ va "Arsenal" o‘zaro kurash olib bormoqda. Qayd etish lozimki, Ermoso asli “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu bois madridliklar uni 7 mln evro evaziga sotib olish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, Ermoso joriy mavsum “Espanol” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!