
"Espanol" Evrokuboklardagi tarixiy rekordini yanada yaxshilab oldi
Kecha UEFA Evropa ligasi guruh bosqich 4-turida “Espanol” o‘z maydonida “Ludogorets” jamoasini qabul qildi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar UEFA kubogi va Evropa ligasida qatorasiga 25 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelishmoqda. Bu esa evrokuboklar rekordi hisoblanadi.
Aytish kerakki, “Espanol” bu borada 1994-1996 yillarda “Ayaks” (21) o‘rnatgan rekordni ancha ortda qoldirib yubordi.
Ma’lumot uchun, bu erda “Espanol”ning penaltilar seriyasida yutqazishgani inobatga olinmaydi.
Fikrlar