
Eshitdingizmi? Masharipov umuman kutilmagan chempionatga yo‘l olishi mumkin
O‘zbekiston terma jamoasi va "Al-Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Misr chempionatida davom ettirishi mumkin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi xizmatiga Misrning "Al-Ahli" klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa Masharipovni sotib olish bo‘yicha riyodliklarga taklif bilan chiqqan biroq "Al-Nassr" uni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, "Al-Ahli" klubi ichki chempionatda 42 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsum klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Al-Hilol" darvozasiga javobsiz 4ta gol urgandi.
Fikrlar