Esga olamiz! Ikki yil oldin ushbu kunda Murodjon Ahmadaliev tarixiy g‘alabaga erishgan (video)

  • 30 yanvar, 2022, 21:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO
2020 yilning 30 yanvar sanasida nafaqat o‘zbek, balki jahon bokschi tarixida ham sensatsion voqeaga aylangan jang bo‘lib o‘tgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari Mayami shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliev Daniel Roman ustidan 12 raundlik jangda ochkolar hisobida g‘alaba qozongan va Leon Spinksdan (1978 yil 15 fevral kuni Spinks o‘zining 8-jangida boks afsonasi Muhammad Alini mag‘lub etib, WBC va WBA jahon chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan) keyin 8 jang bilan ikki yo‘nalish chempioligini qo‘lgan kiritgan ikkinchi bokschiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
31/01/2022 00:14
Мутлоқ чемпионликка муносиб Ахмадалиев