Ertaga Ro‘ziqul Berdiev bilan shartnoma imzolanadimi?

  • 28 fevral, 2021, 13:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Qarshidagi “Yoshlar” markazida “Nasaf” jamoasiga o‘tgan yili qo‘lga kiritilgan kumush medallarning topshirish marosimi bo‘lib o‘tgani xususida saytimiz orqali ham xabar berdik.

Tecno

Mazkur tadbirda viloyat va klub rahbarlari, jamoa a’zolari, muxlislar va boshqalar ishtirok etishgan. Ammo bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev Toshkentda davolanayotgani bois marosimga etib kela olmagandi.

Ma’lumki, Ro‘ziqul Sa’dullaevich bilan hali ham yangi shartnoma imzolanmagan. Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, kechagi tadbir mobaynida ushbu masala ham ko‘tarilgan. Jamoa rahbarlarining aytishicha, Berdiev bilan ertaga, ya’ni, dushanba kuni shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Chindan ham ertaga shartnoma tuziladimi? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!