
Ertaga qaysi bokschilarimiz Olimpiadada ringga chiqadi?
Ertaga 3 avgust kuni 3 nafar bokschimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida chorak final bahslarini o‘tkazadi.
Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 07:15 da Shahobiddin Zoirov filippinlik Karlo Paalamga qarshi ringga ko‘tariladi. So‘ngra soat 08:03 da Elnur Abduraimovning armanistonlik Ovanes Bachkovga qarshi janggi boshlanadi.
Kunning ikkinchi yarmida, aniqrog‘i soat 13:00 da kurashni davom ettirayotgan yagona ayol bokschimiz – Rayxona Qodirova braziliyalik Beatris Yasmin Ferreyraga qarshi ringga chiqadi.
Biz yuqorida nomlari tilga olingan barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Fikrlar
Kurashcilarga bilmadim nima bo'lgan. Zo'rga bronza oldi bitta kurashchimiz. Qo'pol bo'sa ham aytaman, bular hammasi korrupsiyani mevasi deb o'ylayman.