Ertaga jahon chempionlarimiz professional boksda debyut qiladi!

  • 27 noyabr, 22:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, bir necha kun avval Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev hamda Javohir Ummatalievlar  "Queensberry Promotions" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Ertaga bo‘lsa vakillarimiz professional boksdagi o‘z janglarida ringga ko‘tariladi.

Tecno

Bahslar Rossiya Federatsiyasining  Chelyabinsk shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi. Ular bugun tarozidan o‘tib olishdi.

24 yoshli Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va ikki karra Jahon chempioni Asadxo‘jaga musobaqa doirasida qozog‘istonlik Aydos Tastaev (8-7-0) raqiblik qiladi.

Yana bir Jahon chempioni Javohir Ummataliev esa Ozarbayjon vakili Rahim Alievga (3-0-0) qarshi ringga chiqadi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!