
Ertaga boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati start oladi
Toshkentda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlanmoqda.
8-14 dekabr kunlari Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 500 nafarga yaqin bokschi (erkaklar 13 ta, ayollar 11 ta vazn toifasida) medallar uchun kurash olib boradi.
Ular qatorida Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, jahon va Osiyo chempionati sovrindorlarini ham ko‘rishimiz mumkin.
Bugun musobaqa oldidan rasmiy tadbirlar - mandat komissiyasi, texnik miting va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar Xalqaro boks assotsiatsiyasi - AIBA standartlariga mos ravishda tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar