Ertaga Bahodir Jalolovdan tashqari yana qaysi bokschilarimiz ringga chiqadi?

  • 28 iyul, 2021, 12:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Ertaga 29 iyul kuni 3 nafar bokschimiz Tokio-2020 da ringga ko‘tariladi.

Tecno

Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 08:03 da +100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov 1/8 finalda Ozarbayjon vakili Muhammed Abdullaevga qarshi ringa ko‘tariladi.

So‘ngra, soat 09:06 dan boshlab ayol bokschimiz Tursunoy Rahimova 1/8 finalda turkiyalik Buse Chakirogluga qarshi jang olib boradi.

Ertagalik boks janglarida so‘nggi vakilimiz Fanat Qahramonov bo‘ladi. Mahoratli charm qo‘lqop ustamiz 1/8 finalda qo‘shni qozog‘istonlik Abilxan Amankulga qarshi ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
28/07/2021 13:19
Учичи боксчимизни вақти белгиланмаган эканда.Боксчиларимизга омад!!!