
Errera MYudan qancha maosh so‘ramoqda?
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Ander Errera hamon shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchi “Old Trafford”da qolishi uchun “qizil iblislar” rahbariyatidan yiliga 12 mln evro maosh talab qilmoqda. Ammo, mankuanliklar unga 10,4 mln evro va’da qilishmoqda. Tez orada tomonlar bu borada ham o‘zaro kelishuvga erishishlari aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Erreraning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Unga hozirda “Arsenal” va PSJ kabi jamoalardan qiziqishlar mavjud.
Fikrlar