Erondagi legionerimiz: "U erda hakamlar yakkakurashlarga imkon beradi, hadeb hushtak chalavermaydi"

  • 23 mart, 2022, 06:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navruz Cup"ga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy terma jamoamiz bugun "Lokomotiv" stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi. Eronning "Istiqlol" klubiga ko‘chib o‘tgan Aziz Amonov bir necha mavzularda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Xudoga shukur, moslashuv jarayoni qiyin kechmadi. Yangi jamoamdagilar meni yaxshi kutib oldi. Ayni paytda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqdamiz va nasib qilsa, bu o‘rinni mavsum so‘ngiga qadar saqlab qolmoqchimiz.

Eron va O‘zbekiston chempionati o‘rtasida farq u qadar katta emas. Shunchaki, u erda hakamlar ko‘proq yakkakurashlarga imkon beradi, hadeb hushtak chalavermaydi. O‘yin ham uncha-munchaga to‘xtatilmaydi. Jamoalar ham bir-biriga ochiq o‘yin taklif etadi. Shu tomonlar biroz farqli, ammo Superligamiz ham kuchsiz emas. 

Yana bir farqi Eronda futbolchilar oxirigacha harakat qilishadi. Ayniqsa, vitaminizatsiya masalasi Evropa darajasida. Biroq ular biznikichalik yuqori texnikaga ega deb bo‘lmaydi". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!