
Eronda Ronalduning kelishiga barcha sharoitlar yaratib beriladi
Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “An-Nasr” kelasi hafta Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Persepolis” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
“Persepolis” klubi prezideni Rizo Darvish Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlariga internetdan cheklovsiz foydalanish imkoniyatini beradigan sim-kartalar taqdim etilishini ma’lum qildi.
Gap shundaki, ayrimlar “An-nasr” tarkibidagi Ronaldu singari mashhur futbolchilarga internet cheklovlari amalda bo‘lgani uchun Eronga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
- Men mobil aloqa operatori direktori bilan gaplashdim. Biz xorijlik futbolchilarga Eronga kirishidan mamlakatni tark etgunicha internetdan cheklovsiz foydalanish imkoniyatini beradigan personal sim-kartalarni taqdim qilamiz, - dedi Rizo Darvish.
Fikrlar