Eronda Oston O‘runovni Vinisiusga qiyoslashmoqda

  • 1 dekabr, 04:31
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston terma jamoasi safida va “Persepolis” klubida ajoyib harakat qilayotgan Oston O‘runov futbol jamoatchiligining e’tiborini tortmoqda.

Tecno

Eronlik murabbiy Ali Mansuriyan O‘runovning o‘yini qayta ochilib, “Persepolis”da o‘zining eng yaxshi holatiga qaytganini ta’kidladi.

 “O‘runov kabi texnik jihatdan kuchli futbolchilar murabbiydan avvalo ishonch va hurmat kutishadi. Bunday o‘yinchilarni cheklash emas, balki ularga maydonda erkin harakatlanish imkonini berish kerak. Chunki u o‘z texnikasi orqali raqibning ikki-uch nafar futbolchisini osongina aldab o‘tadi,” — dedi murabbiy "Shabhaye Footballi" dasturida.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa shunday izoh qoldirishgan:

“Evropa futbolidan misol keltiradigan bo‘lsak, Vinisius Juniorning Karlo Anchelotti davridagi o‘yini bilan hozirgi Xabi Alonso davridagi o‘yinlari o‘rtasida sezilarli farq bor. Anchelotti uni hurmat qilgan va maydonda keng erkinlik bergan. Shuning uchun o‘sha paytda maydonning deyarli har bir nuqtasida Vinisiusni ko‘rish mumkin edi.”

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik vinger so‘nggi turda tehronliklar safida navbatdagi golini urib, jamoasining “Shams Azar” ustidan g‘alaba qozonishini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!