
Eron Pro-ligasi. O‘runov debyut qilgan bahsda "Persepolis" kichik hisobda g‘alaba qozondi
Eron Pro-Ligasi 18-turidan o‘rin olgan "Zobaxan" va "Persepolis" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Tehron klubi safida harakat qilayotgan legionerimiz Oston O‘runov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, "Persepolis" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 36 taga etkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni mustahkamlab oldi.
Fikrlar