
Eron kubogi. "Istiqlol" turnirni tark etdi, "Persopolis" esa keyingi bosqichga chiqdi
Eron kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, "Istiqlol" safarda "Mes Rafsanjan" bilan bellashib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, bir taym harakatlandi.
Shu tariqa, "Istiqlol" turnirni tark etdi.
Oston O‘runov harakat qilayotgan "Persopolis" o‘z uyida "Naft Gachsaran"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘runov to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Fikrlar