
Eron g‘alaba qozonib, o‘z guruhida peshqadam bo‘lib oldi
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Birlashgan Arab Amirliklari - Eron o‘yini yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida Taremi amirliklar darvozasini ishg‘ol etdi. Bu gol forslarga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun kifoya bo‘ldi.
3 turdan so‘ng 100 foizlik natija qayd etayotgan Eron ochkolari sonini 9 taga etkazib olgan holda, "A" guruhi peshqadamiga aylanib oldi. BAA hisobida hozircha ikki ochko bor va ular 3-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar