
Eron chempionati. O‘zbekcha derbida kuchlar teng keldi
Eron chempionati 23-turidan o‘rin olgan "Persepolis" - "Istiqlol" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Hisob 38-daqiqada mezbonlar vakili Ali Ne’mati tomonidan ochildi. Rudi Jested 81-daqiqada muvozanatni tikladi va bahs so‘ngiga qadar hisob o‘zgarmadi.
Mazkur durangdan keyin Aziz Amonovning "Istiqlol"i 55 ochko bilan turnir jadvali peshqadami bo‘lib turibdi. Ikkinchi pog‘onadagi "Persepolis" hisobida 49 ochko bor.
Fikrlar