Eron bosh murabbiyi: "Vetnamga qarshi bahs Avstraliya bilan solishtirganda qiyinroq bo‘ldi"

  • 7 mart, 2023, 17:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Vetnam - Eron uchrashuvida forslar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida forslar bosh murabbiyi Abdulsamad Marfavi ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Og‘ir bahs bo‘ldi. Vetnam taktik va aqliy tomonlama kuchli jamoa edi. Biroq bizga 3 ochko kerak edi. Shu sabab bor e’tiborimizni g‘alaba qozonishga qaratdik va kerakli natijani qo‘lga kiritdik. 

O‘yin oldidan bizda juda qiyin vaziyat edi. Faqat g‘alaba qoniqtirardi va bu etarlicha bosim yuklashi tabiiy edi. Vetnamning darajasini to‘g‘ri baholab, shunga monand harakat qildik. O‘ylashimcha, biz uchrashuvda ustunlik qildik. Vetnamni ham ajoyib ishtirok bilan qutlayman. Ular keyingi bosqichga chiqa olmaganiga qaramay, kuchli ekanini namoyish eta oldi. 

Biz uchun keyingi bosqichdagi raqibning ahamiyati yo‘q. Bu musobaqada har bir terma etarlicha salohiyatga ega. Keyingi bosqichda ham rejalarimiz ish beradi, deb o‘ylayman va yana bir bor muvaffaqiyat qozonishimizga ishonaman. 

Vetnamga qarshi bahs Avstraliya bilan solishtirganda qiyinroq bo‘ldi. Sababi, biz yutqazishga haqqimiz yo‘q edi. Vetnam juda yaxshi shakllangan, har qanday jamoaga qiyinchilik tug‘diradigan terma edi", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!