Eron bosh murabbiyi o‘zbek futboli, Azmunning finalda maydonga tushishi, Babayan bilan do‘stligi va boshqa mavzularda gapirib o‘tdi

  • 19 iyun, 2023, 13:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri o‘zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. Ertaga musobaqaning 3-o‘rin uchun va final bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan Eron jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Assalomu alaykum! O‘zbekistonda bo‘lib turganimizdan xursandman. Bu erda eng qadrdon do‘stim Samvel Babayan bor. O‘zbek futboli haqida etarlicha ma’lumotga egamiz.

O‘zbekiston hukumati futbolga katta investitsiya ajratmoqda. Bu biz uchun ham quvonarli hol. Ertaga bu jamoa bilan final o‘yini ajoyib o‘tishiga shubha qilmayman. 

Azmun haqida gapiradigan bo‘lsam, shifokorlar uning holati haqida aniq fikr bildirishmadi. U hozir davolanish jarayonida. O‘yinga yaqin u haqda yakuniy qaror chiqadi. 

O‘zbekiston bosh murabbiyi betob ekanidan xabar topdik. Unga shifo tilab qolamiz. Bugun O‘zbekistonni tahlil qilib chiqamiz. Jamoa taktikasini kuzatganimizda, ular ikki usuldan foydalanadi. Ba’zida 4, ba’zida esa 5 himoyachi bilan maydonga tushishmoqda.

Bugun raqibni jiddiy tahlil qilib chiqamiz. Sababi, Qirg‘iz Respublikasidan kelib, hali ortiqcha vaqt bo‘lgani yo‘q bizda. Shu bois, mashg‘ulotdan oldin shu masala bo‘yicha ish olib boramiz. 

Musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Bishkekda ham, Toshkentda ham tashkilotchilik yaxshi darajada. To‘g‘ri, kamchiliklar ham yo‘q emas. Biroq bu ilk bor tashkil etilayotgani bois katta xato, deyishimiz xato bo‘ladi.

Umid qilamizki, ertaga shiddatli va hamma zavqlanib ko‘radigan o‘yin bo‘ladi. Jamoalarga omad tilab qolaman!", - dedi mutaxassis.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!