Eron bosh murabbiyi: "Hozir O‘zbekistonda yaxshi avlod "nafaqa"ga chiqdi"

  • 20 iyun, 2023, 23:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri hal qiluvchi final o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Eron termasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoi ishtirok etdi. 

Tecno

"Avvalambor, assalomu alaykum! Bu musobaqa yakuniga etgani bilan tashkilotchilarni tabriklab qolaman. Stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan eronlik muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 

O‘yin boshi biz uchun dahshatli darajada boshlandi. Darvozabonimiz jiddiy jarohat oldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirishga harakat qildik. 

Musobaqada O‘zbekiston bilan imkoniyatimiz teng edi. Ular ham g‘oliblikka munosib edi. Ammo yakunda omad bizga kulib boqdi. O‘zbek futbolida katta o‘zgarishlar bo‘lyapti. Men buni kecha ham ta’kidlab o‘tgandim. Ijobiy o‘zgarishlar mamlakat terma jamoasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. 

Biz imkoniyatdan foydalanib, g‘alaba qozondik. Bundan xursandmiz. Jarohat olgan o‘yinchimizni zaxiraga olmoqchi bo‘lganimizda, u oxirigacha o‘ynamoqchi ekanini aytdi. Bu holat bizni qoyil qoldirdi. 

O‘zbek xalqi bizni juda iliq kutib olishdi. Bu uchun ham ularga minnatdorchilik bildirib qolaman. 2006 yildan beri mamlakatingiz futbolini kuzatib boraman. O‘zbekistonga 10 marta tashrif buyurganman. 

Bu erda har tomonlama rivojlanish bo‘lmoqda. Nafaqat sport, balki boshqa sohalar ham to‘g‘ri yo‘lda o‘sib bormoqda. 2006 yil bilan solishtiradigan bo‘lsam, o‘sha vaqt mamlakatda "Bunyodkor" kabi stadion mavjud emas edi. 

Raqibning o‘yini ham o‘sganini alohida ta’kidlab o‘taman. Nafaqat milliy jamoa, balki o‘smirlar, yoshlar futboli ham ajoyib tarzda rivojlanmoqda. Hozir O‘zbekistonda yaxshi avlod "nafaqa"ga chiqmoqda. Yangilanayotgan avlodni ham yomon, deb bo‘lmaydi. Ular kelajakda terma uchun ko‘p naf keltirishiga ishonaman.

Kecha joylashgan mehmonxonamiz atrofini aylanib chiqdik. U erda qiziq voqea sodir bo‘ldi. O‘zbek ikki kishi menga bir rasm ko‘rsatdi. Ular menga o‘zimning rasmimni ko‘rsatib, men ekanimni so‘rashdi.

Ular men bilan rasmga tushishdi va bu men uchun alohida ehtirom ekanini aytib o‘tmoqchiman!", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!