Ernandes "Bavariya"ga qaysi jamoaga o‘tmoqchiligini aytdi

  • 14 iyun, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va “Bavariya” klubi himoyachisi Luka Ernandes jamoani tark etish istagi haqida gapirdi. Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishga qaror qilgan.

Tecno

O‘z navbatida, Germaniya top-klubi futbolchi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni PSJ to‘lasa, u bilan xayrlashishga tayyor. Myunxenliklar Ernandesni 60 million evroga baholamoqda. Yaqin vaqt ichida parijliklar transfer borasida bir qarorga kelishlari kerak.

Luka "Bavariya" safiga 2019 yilda "Atletiko" Madriddan 80 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum jarohat tufayli bor yo‘g‘i 11 ta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!