Erling Xoland so‘nggi bor Obameyang qilgan ishni uddaladi

  • 18 yanvar, 2020, 21:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Erling Xoland Dortmundning "Borussiya"sidagi debyut uchrashuvidayoq xet-trik muallifiga aylandi.

Tecno

Norvegiyalik Bundesliganing 18-turi "Augsburg"ga qarshi o‘yinning 59, 70 va 79-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Shu tariqa Xoland Bundesliga tarixida debyut o‘yinida xet-trik qayd etgan ettinchi futbolchiga aylandi.

So‘nggi bor bu ishni 2013-yilda Per-Emerik Obameyang qayd etgan edi. O‘shanda ham "Borussiya" "Augsburg" bilan to‘qnash kelgan va gabonlik o‘yinchi uchta to‘p kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!