Erling Xoland Norvegiya terma jamoasining keyingi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaydi
"Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Yangi Zelandiyaga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Yulduz to‘purarga o‘yinlar jadvali tig‘iz bo‘lgani uchun terma jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etishga ruxsat berildi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan JCh–2026 saralash bosqichidagi bahsda Xoland Isroilga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi. Norvegiya o‘sha uchrashuvda 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgandi.
Norvegiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasidagi nazorat uchrashuvi ertaga, 14 oktyabr kuni Osloda bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar