Erkin kurash. Umidjon Jalolov - Jahon chempioni
Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab erkin kurash ustalari o‘rtasida kechgan birinchi kun bahslari yakunida -65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Umidjon Jalolov Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. "Tilla bola" laqabini olgan iste’dodli vakilimiz finalda Ozarbayjonlik Ziraddin Bayramovni mag‘lubiyatga uchratdi.
20 yoshli sportchimiz 2018 yil Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘tkazilgan Yoshlar Olimpiadasida ham chempionlikni tantana qilgandi.



Fikrlar