
Erkin kurash: Og‘ir vazn toifasidagi polvonimiz ham omadsizlikka uchradi
125 kgda gilamga chiqayotgan yurtdoshimiz Hasan Rahimov ham afsusk omadsizlikka uchradi. U 1/4 final bosqichida juda kuchli, ta’bir joyiz bo‘lsa, g‘oliblik uchun asosiy da’vogar turkiyalik Taxa Oqgul bilan bahs olib bordi. Juda keskin o‘tgan bellashuvda turkiyalik kurashchi tajriba bobida hamyurtimizdan ustunlik qildi hamda 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Hamyurtimizda Olimpiada yo‘llanmasini olish hamda bronza medalini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori. Chunki, turkiyalik polvon keyingi bosqichda xitoylik raqibini mag‘lubiyatga uchratsa bo‘ldi. Yurtdoshimiz o‘tish bahslarida ishtirok etadi.
Fikrlar