Erkin kurash bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni bronza medali bilan yakunlandi

CHERY AUTO

Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni ham terma jamoamiz uchun yuqori notada yakunlandi. Kunduzgi dasturda -125 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun o‘tish bosqichida moldovalik raqibini mag‘lub etib, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan Hasanboy Rahimov yana bir muhim g‘alabaga erishdi.

Tecno

Kurashchimiz kechki dasturda bronza medali uchun xitoylik Jivei Denga qarshi gilamga chiqdi. Bellashuvda o‘zining har tomonlama ustunligini namoyish qila olgan yurtdoshimiz bahsda 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, Olimpiada yo‘llanmasi qatoriga JCh bronza medalini ham qo‘shib qo‘ydi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!