
Erkin agentga aylangan Azar faoliyatini yakunlashi mumkin
Madridning "Real" klubi muddatidan oldin Azar bilan amaldagi shartnoma tugatilganini e’lon qildi. U 30-iyun kuni jamoadan ketadi. Erkin agentga aylangan Edenning keyingi faoliyati noaniq bo‘lib turibdi.
Fabritsio Romano futbolchi yaxshi taklif chiqsa, uni qabul qilishi mumkin, bo‘lmasa u faoliyatini yakunlaydi, deya xabar tarqatdi. Keyingi haftada vingerning so‘nggi qarori ma’lum bo‘ladi.
Azarning xizmatlariga hozircha hech qaysi klub qiziqmayapti. Unga tez orada Saudiya Arabistonidan takliflar bo‘lishi haqda mish-mishlar bor.
Fikrlar