
Eriksen kelajagi borasida bir qarorga keldi. U APL top klubiga o‘tmoqchi
Yarim himoyachi Kristian Eriksen kelajagi borasida qarorini ma’lum qildi. “The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, daniyalikning yangi klubi "Manchester Yunayted" bo‘ladi.
Eriksen uzoq o‘ylanib, “qizil iblislar”ga og‘zaki rozilik berdi va faoliyatini Manchesterda davom ettirishga qaror qildi. Shu tariqa, futbolchi yarim mavsum o‘ynagan “Brentford” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
Eriksen avvalroq Angliyada boshqa top-klubi – “Tottenxem”da o‘ynagan. “Shporlar” Kristianni ortga qaytarishga tayyor edi, ammo londonliklar ustozi Antonio Konte buni istamadi. Kristian hamon "Tottenxem" tarixidagi eng yaxshi assistent bo‘lib turibdi.
Daniyalik futbolchi yakunlangan mavsum “Brentford” safida 11 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 4 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar