
Eriksen: Hammasini ten Xag bilan bo‘lgan suhbat hal qildi
"Brentford"dan "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan Kristian Eriksen yangi jamoasi haqidagi bir necha savollarga javob berib o‘tdi.
Erik ten Xag MYuga o‘tishingizga qanchalik ta’sir qildi?
- Asosiy ishni u bajardi. Men futbol o‘ynashni istashimni, maydonda harakatlanishim kerakligini unga tushuntirdim. Erik bilan suhbat, uning fikrlarini tinglaganimdan so‘ng men "qizil iblislar" bilan shartnoma imzolashga qaror qildim. Uning ta’siri sezilarli bo‘ldi.
Ten Xag murabbiy sifatida hujumkor futbol tarafdori. Bu sizga tanish uslub, albatta. Manchesterga kelayotganingizda bu sizni o‘ziga jalb qildimi?
- Ha, albatta. O‘ylashimcha, mening o‘yin uslubim uning g‘oyalariga to‘liq mos keladi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi", - dedi daniyalik futbolchi.
Fikrlar