
Erik ten Xag kelajagi ikki o‘yinga bog‘landi
“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Tottenxem”ga yirik hisobda yutqazganidan keyin bosh murabbiy Erik ten Xagning kursisi sezilarli darajada qimirlab qoldi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis masalasida qanday qarorga kelganini ma’lum qildi.
Romanoning ta’kidlashicha, alamli mag‘lubiyatga qaramay, klub rahbariyati Erik ten Xagni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Biroq bosh murabbiyga yangi shart qo‘yildi.
“Manchester Yunayted” oldindagi ikki uchrashuvni qanday o‘tkazishi ko‘p narsaga oydinlik kiritadi. Manchesterliklar Evropa Ligasida “Portu” va Angliya chempionatida “Aston Villa”ga qarshi bahslarda nafaqat natija, balki o‘yin borasida ham ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd eta olmasa, bosh murabbiy iste’foga chiqariladi.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” mutasaddilari jamoani muvaffaqiyatli boshqara oladigan mutaxassis qidiryapti.
Fikrlar