
Erik ten Xag: Bunaqa o‘yinchi menga kerakmas!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya futbolining eng iste’dodli o‘yinchilaridan hisoblangan Meyson Mauntdan voz kechishga qaror qildi.
25 yoshli futbolchi “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Maunt londonliklar ishonchini oqlay olmaganidan keyin klub uni o‘tgan yozda manchesterliklarga 64,2 million evroga sotib yuborgan edi.
Maunt “Manchester Yunayted”da ham hech narsani qoyillatgani yo‘q. U jarohatlar tufayli 147 kun mobaynida maydondan tashqarida yurdi.
Erik ten Xag klubning sport bo‘limi bilan suhbatlashib, jarohatlarga moyilligi baland bo‘lgan Mauntni sotuvga qo‘yishni so‘radi.
Meyson Maunt o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda atigi 20 marotaba maydonga tushdi va bittadan gol hamda assist muallifi bo‘ldi. Uning transfer narxi bugungi kunda ikki baravar arzonlab ketgan.
Fikrlar