Erik Garsiya "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi

  • 24 noyabr, 22:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik Garsiya "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashga rozilik berdi.

Tecno

"Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, bir necha haftalik muzokaralardan so‘ng tomonlar kelishuvga erishdi va shartnomani uzaytirish jarayoni yakuniy bosqichga kirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Garsiyada PSJdan taklif bo‘lgan, ammo u Kataloniyada qolishni ma’qul ko‘rdi.

Shartnomani uzaytirishdagi asosiy omil sifatida futbolchining bir necha pozitsiyada o‘ynay olishi va jamoaga universal futbolchi sifatida foyda keltira olishi qayd etilmoqda. Shuningdek, uni kelajakdagi ehtimoliy kapitan sifatida ko‘rishmoqda. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham rahbariyatga Garsiyani yo‘qotishni istamasligini bildirgan.

Joriy mavsumda Erik La Liganing 13 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!