Erdo‘g‘an Turkiya terma jamoasini tabrikladi

  • 27 iyun, 2024, 17:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Evropa chempionatida pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan milliy terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan bog‘landi.

Tecno

Erdo‘g‘an bosh murabbiy Vinchentso Montella bilan suhbatda: 

-Umid qilamanki, biz Avstriya bilan o‘yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz va zarur bo‘lgan hamma narsani qilamiz.

Prezident jamoa sardori Xakan Chalxanogluga ham murojaat qildi: 

-Ayniqsa, sizni tabriklayman, ajoyib gol urdingiz.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Chexiya bilan o‘yinda g‘alaba goli muallifi Jenk Tosunga:

-Tabriklayman, siz kiritgan gol barchamizni tinchlantirdi. Alloh taolo sizga yordam bersin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!