Eplolmading, Angliyadan ket!

  • 25 sentabr, 2024, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul “Manchester Yunayted”ning qimmatbaho legioneri Antoni Premer-ligani tark etishi kerakligini ta’kidladi.

Tecno

Antoni yangi mavsumda “Brayton”ga qarshi bir necha daqiqa to‘p tepdi xolos. Asosiy tarkibdagi joyini to‘liq yo‘qotgan.

Manchesterliklar bu o‘yinchini”Ayaks”dan 95 million evroga olgan. Lekin uch mavsumdan beri o‘yini ochilmayapti.

- Antonining muammosi u faqat Niderlandiya ligasiga moslashganligida. Menimcha, u Angliya Premer-ligasi talablariga moslasha olmayapti. Aslida texnikasi kuchli, mahoratli va iqtidorli o‘yinchi.

O‘ylashimcha, Antoni klubdan ketadi, “Yunayted” ham xayrlashishga tayyor. Antonining yoshi katta emas va yaqin kelajakda yana yuqori cho‘qqiga chiqishi mumkin. U ko‘proq boshqa ligalarga mos tushadi, - dedi Jo Koul. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!