Eplolmadim, “Chelsi”dan ketaman!

  • 2 oktabr, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili katta umidlar bilan “Chelsi”ga taklif qilingan Timo Verner Londondan ketishga qaror qildi. Germaniyalik hujumchi agar unga etarlicha o‘yin amaliyoti berilmasa, yozda klub rahbariyatidan ketishga ruxsat so‘raydigan bo‘ldi.

Tecno

Vernerning bu qarorga kelishiga, Chempionlar ligasi doirasida “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv sabab bo‘ldi. Tomas Tuxel kichik hisobda boy berilgan bahsda beshta o‘yinchi almashtirganiga qaramay, Vernerni zaxirada olib qoldi.

Timo Verner “Chelsi”ga Romelu Lukaku kelganidan keyin zaxiraga o‘tirib qoldi.

O‘z vaqtida “Leyptsig”ning asosiy yulduzi va etakchisi bo‘lgan Timo Vernerga o‘rinbosar maqomi to‘g‘ri kelmayapti. “Chelsi” o‘tgan yili iyulda bu futbolchini olish uchun Bundesliga vakili 53 million evro to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!