Entso Mareska Sterling va Disasi vaziyati haqida gapirdi

  • 19 sentabr, 16:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ilgari Angliya futbolchilar kasaba uyushmasi "Chelsi" futbolchilari Raxim Sterling va Aksel Disasining jamoa mashg‘ulotlaridan chetlashtirilgani yuzasidan xavotirlangan edi.

Tecno

Ushbu vaziyatga esa "aristokratlar" murabbiyi Entso Mareska o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, vaziyatni to‘liqligicha ochib berdi.

"Bu nafaqat "Chelsi"ga, balki dunyodagi barcha klublarga taalluqli masala. Qachonki biror sababga ko‘ra o‘yinchi va klub o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, siz futbolchiga mashg‘ulot qilish uchun sharoit yaratasiz. 

Otam 75 yoshda va 50 yil davomida tunda soat ikkidan ertalab o‘ngacha baliqchi bo‘lib ishlagan. Mana bu chinakam qiyin vaziyat, futbolchining maydonga chiqmayotgani emas", – deya ta’rif berib o‘tdi londonliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!