
Entso Mareska: "Men shaxmat o‘ynashni va tomosha qilishni yaxshi ko‘raman"
Yangicha formatda o‘tkazilayotgan klublar to‘rtasidagi Jaxon chempionati finalida Londonning "Chelsi" xamda amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi PSJ klublari turnirning birinchi chempioni bo‘lish uchun baxs olib borishadi. Ushbu baxs oldidan "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men shaxmat o‘ynashni va tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Futbol xam xuddi shunday. Raqibingiz xarakat qilganida unga javob berishingiz shart. O‘ylaymanki, ushbu baxs xam shunday o‘tadi.
PSJ kuchli jamoa. Ular trebl qayd etdilar xamda o‘zi qatnashgan barcha turnirlarda raqiblaridan kuchli ekanini ko‘rsatdi. Balkim ular xozirda eng tengsiz jamoa bo‘lishi mumkun. Biroq biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz va g‘alabaga intilamiz.
Kutilmagan natijalar ko‘p bo‘lmoqda. Misol uchun, "Fluminense" Chempionlar ligasining amaldagi finalchisi "Inter"ni mag‘lub etdi. "Al-Hilol" esa "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yubordi. "Botofogo" PSJ dan ustun keldi va yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Lekin bizning uslubimiz ularnikidan farq qiladi" - deydi londonliklar ustozi.
Eslatib o‘tamiz, final baxsi 14 iyul tungi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar